Haftalik haqida

O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi 2019 yil 29-31 oktyabr kunlari «O’zekspomarkaz» Milliy ko’rgazma majmuasida “InnoWeek.uz” Innovatsion g’oyalar haftasini o’tkazishni rejalashtirmoqda. Ushbu tadbir mahalliy va xorijiy tadqiqot va innovatsion markazlar, investitsiya jamg’armalari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes inkubatorlar vakillari ishtirok etadigan noyob platforma bo’lishni va’da qiladi.

Shu bilan birga, «InnoWeek.uz» Ikkinchi Xalqaro innovatsion haftaligi mahalliy tadbirkorlar va potentsial investorlar uchun yangi innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ishonchli sheriklarni topish uchun ajoyib imkoniyatdir. “InnoWeek.uz” haftaligi doirasida Innovatsiya xalqaro yarmarkasi, Xalqaro innovatsiya va investitsion forumi va Robototexnika bo’yicha xalqaro turnir bo’lib o’tadi. Unda O’zbekiston va xorijiy mamlakatlarning etakchi ishbilarmon doiralari, olimlar va kompaniyalar vakillari ishtirok etadi.

Biz yosh olimlarni, potentsial investorlarni va O’zbekiston tadbirkorlarini «InnoWeek.uz» haftaligi doirasida ushbu imkoniyatlardan foydalanishga taklif qilamiz

Aloqa raqamlari: +998909750666, +998909494994

Ma'lumot Bosh homiylar

Ma'lumot Hamkorlar haqida

Ma'lumot Bog'lanish

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

Manzil: 100060, Toshkent sh., T.Shevchenko ko'ch., 1A, A.Temur ko'chasi, 14

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

Bog'lanish: +998(90) 975-06-66, +998(90) 949-49-94

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

Email: innoweek@mininnovation.uz