OTTTM – ESKATO

Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi (OTTTM)–BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO)ning hududiy muassasasi boʻlib, Osiyo va Tinch okeanidagi davlatlarning kichik va oʻrta biznes korxonalariga texnologiyalar transferi bilan shugʻullanadi. Shuningdek, texnologiyalar transferi bilan bogʻliq turli xil loyihalarni amalga oshiradi, shu soha bilan bogʻliq taʼlim, hamkorlik aloqalari oʻrnatish, inson resurslarini rivojlantirish, institutsional qurilish kabi qator vazifalarni bajaradi. OTTTMning maqsadi hududning texnologiyalar transferi imkoniyatlarini mustahkamlash, hamkor davlatlarga ekologik toza texnologiyalar kirishini ragʻbatlantirishdir. 

Mazkur nufuzli tashkilotga dunyoning 62 davlati aʼzo boʻlib, markaz bosh idorasi Hindistonning Nyu-Deli shahrida joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyovning Hindistonning Gandinagar shahrida boʻlib oʻtgan “Joʻshqin Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirokidan soʻng, hamkor mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro tajriba, texnologiya almashish, yangi hamkorlar va investitsiyalarni jalb etishning yangi yoʻllarini topish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazida Oʻzbekiston milliy muvofiqlashtiruvchi organining tashkil etilishi texnologiyalar transferidagi tendensiyalar, shart-sharoitlar, imkoniyatlarni tadqiq va tahlil etish, xalqaro tashkilotlar va manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, sohaga milliy kadrlar, ayniqsa ilmiy xodimlar va siyosiy tahlilchilarni tayyorlash uchun zamin yaratadi. 

Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi faoliyatini yurtimiz jamoatchiligiga taqdim etish maqsadida “InnoWeek.Uz” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida 2019-yilning 30-31-oktyabr kunlari BMT huzuridagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi bilan hamkorlikda “Regional Workshop on Innovation and Technology Transfer Role of Intellectual Property” ( Intellektual mulk sohasida innovatsiyalar va texnologiyalar transferining roli boʻyicha mintaqaviy seminar) boʻlib oʻtadi. 

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://www.unescap.org/
http://unnext.unescap.org/pub/agriguide15.pdf
http://www.unescap.org/sites/default/files/0%20-%20Full%20text_0_2.pdf
ЭСКАТО – http://artnet.unescap.org/databases.html#first

Ma'lumot Bosh homiylar

Ma'lumot Hamkorlar haqida

Ma'lumot Bog'lanish

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

Manzil: 100060, Toshkent sh., T.Shevchenko ko'ch., 1A, A.Temur ko'chasi, 14

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

Bog'lanish: +998(90) 975-06-66, +998(90) 949-49-94

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

Email: innoweek@mininnovation.uz